Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida ingliz tili bo‘yicha fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Unda harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan kursant hamda talaba yoshlar qatnashdi. Ikki bosqichda o‘tkazilgan olimpiadani yetakchi tashkilotlardan taklif qilingan tajribali mutaxassislar baholab bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, ikkinchi o‘rin Bojxona instituti, uchinchi o‘rin esa Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlariga nasib qildi.
Ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb qilish, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan olimpiadada faxrli o‘rin sohiblari diplom hamda kitoblar bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati