IIV Akademiyasining Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakultetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar o‘tkazildi.
Qabul jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga muvofiq tashkil etildi. O‘qish istagida hujjat topshirgan nomzodlar “12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”, “12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq”, “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi”, “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” va “12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya” ixtisosliklari bo‘yicha imtihon topshirdilar.
Eslatib o‘tamiz, Akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyati qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi mavjud muammolar yechimi bo‘yicha ilmiy, fundamental va amaliy tadqiqotlarga qaratilgan. Ilmiy salohiyatni yuksaltirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, fakultetda o‘qish istagidagi tadqiqotchilar safi yildan-yilga ko‘payib bormoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati