Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ilmiy-amaliy konferensiya

20 Noyabr 2026, 18:59

203

IIV akademiyasida bölib ötgan anjumanda jamoat xavfsizligini ta’minlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Unda huquq sohasi vakillari, mutaxassislar, akademiya professor-öqituvçilari, masofaviy ta’lim şaklida öqityotgan tinglovçilar hamda kursantlar qatnaşdi.

Sözga çiqqanlar jamoat xavfsizligiga oid qonunçilik ijrosini ta’minlaş, axborot makonida zamonaviy tahdid va xatarlarga qarşi kuraşiş, ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni yuritiş, jamoat xavfsizligini ta’minlaşda axborot texnologiyalaridan foydalaniş, ommaviy tartibsizliklar omillarini bartaraf etiş masalalariga töxtalib, sohaning huquqiy asoslari va mexanizmlarini takomillaştiriş yuzasidan fikr almaşdilar.

Anjuman davomida huquqni qöllaş amaliyotidagi ayrim muammolar va ularning ilmiy-amaliy yeçimlariga qaratilgan taklif-tavsiyalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech