Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ikkinchi jahon urushi: ilmiy tadqiqotlar va tarixiy ma’lumotlar

27 Aprel 2026, 20:36

150

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Shon-sharaf” muzeyida “Ikkinchi jahon urushi: ilmiy tadqiqotlar va tarixiy ma’lumotlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda mudofaa vaziri o‘rinbosari Hamdam Qarshiyev, Senatning Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov, Italiyaning mamlakatimizdagi elchisi Gvido De Sanktis, shuningdek parlament a’zolari, xorijiy mehmonlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Yalpi majlisda “Ikkinchi jahon urushi va frontorti qatnashchilarini e’zozlash – O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri”, “Xotira – xalq diplomatiyasi poydevori”, “Ikkinchi jahon urushi yillari O‘zbekistonning hissasi: raqamli gumanitar yondashuv”, “Kinohujjatlar – Ikkinchi jahon urushi tarixini o‘rganishda muhim manba”, “Front yillari ayollarning jasorati” va boshqa mavzularda chiqishlar qilindi. Italiyada nashr qilingan “O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi” nomli kitob-albomning taqdimoti o‘tkazildi.

Konferensiya sho‘balarida “O‘zbekiston xalqining natsizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi”, “Ikkinchi jahon urushini xronologik davrlashtirish masalalari”, “Front yillari O‘zbekistondagi harbiy sanoat”, “O‘zbek partizan jangchilarining qahramonliklari tarixiy manbalarda”, “Front ortida o‘zbekistonliklar ko‘rsatgan matonat”, “Urush yillari O‘zbekistonga ko‘chirilgan millat va elatlar hamda ularning taqdiri” hamda boshqa mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir ishtirokchilari uchun “G‘alaba” bog‘i va “Shon-sharaf” muzeyiga sayohat uyushtirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech