Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IIV Akademiyasida stol tennisi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

08 Iyun 2024, 09:06

397

Unda Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurolli Kuchlar akademiyalari, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutlari hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari qatnashdi.

Yakka va jamoaviy bahslarda tashkil etilgan mazkur musobaqada sportchilar olimpiya usulidagi qoidalar asosida bellashdilar. O‘yinlar O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hakamlari tomonidan kuzatib borildi.

Qizg‘in bahslar ostida o‘tgan o‘yinlar natijalariga ko‘ra, yakka tartibdagi bahslarda  Bojxona instituti kursanti Ilhom Nurov 3-o‘rinni, IIV Akademiyasi kursanti Sanjarbek Esirgapov 2-o‘rinni, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursanti Javohir Nuraliyev 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, juftlik bahslarida IIV Akademiyasi jamoasi 3-o‘rinni, Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi jamoasi 2-o‘rinni, Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning umumiy natijalariga ko‘ra umumjamoa hisobida 1-o‘rin IIV Akademiyasi, 2-o‘rin Bojxona instituti, 3-o‘rin Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi jamoalariga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech