Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IIV Akademiyasida “Mardlar bellashuvi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

11 Yanvar 2023, 07:01

786

Ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining o‘ttiz bir yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazildi.

Unda Qurolli Kuchlar akademiyasining “O‘zbegim”, Jamoat xavfsizligi universitetining “Jasorat”, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining “Qutqaruvchilar”, Bojxona institutining “Ishonch” hamda IIV Akademiyasining “Mard o‘g‘lonlar” jamoalari o‘zaro bellashdi.

Hakamlar hay’ati vakillari “Tanishuv”, “Temur tuzuklari bilimdoni”, “Vatan madhi” shartlari orqali jamoalarning chiqishini baholab borishdi. Qiziqarli sahna ko‘rinishlari, savol-javob va munozaralarga boy o‘tgan tadbir yakunida “Mard o‘g‘lonlar” jamoasi birinchi, “Qutqaruvchilar” jamoasi ikkinchi va “O‘zbegim” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek Bojxona instituti kursanti Nozima Odilova “Eng zukko kursant”, Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti Shahriyor Jabborov “Eng iqtidorli kursant” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.

Taqdirlar marosimida yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan izchil islohotlar yetuk salohiyatli, mard va jasur, ona Vatanimizga yuksak daxldor o‘g‘il-qizlarni kamol toptirishga xizmat qilayotgani e’tirof etildi. Shundan so‘ng ishtirokchilarga diplom va sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech