Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IIV AKADEMIYASI BOSHLIG‘INING KUBOGI UCHUN TURNIR BOSHLANDI

26 Oktyabr 2021, 05:10

896

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganining o‘ttiz yilligi hamda Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida minifutbol turniri boshlandi.3

IIV Akademiyasi sport majmuasida o‘tkazilayotgan turnirda Qurolli Quchlar akademiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Bojxona instituti hamda mezbon jamoa vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida IIV Akademiyasi boshlig‘i, polkovnik Rustam Xatamov, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Murod Artikov so‘z olib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari orasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ayniqsa ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini samarali tashkil etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini aytib o‘tishdi.

Reglamentga ko‘ra, jamoalar bir guruhdan o‘rin olib, o‘zaro bir martadan o‘yin o‘tkazishadi. Guruh g‘olibi, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari sovrindorlar qatorida taqdirlanadi. Musobaqa yakunida ikki va undan ortiq jamoalarning to‘plagan ochkolari teng kelganda, o‘zaro o‘yinlar va to‘plar nisbati, ko‘rsatilgan qizil va sariq kartochkalar hamda qur’a tashlash natijasi inobatga olinadi.

Turnirni IIV Akademiyasi va Bojxona instituti jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlab berdi. Mezbonlarning to‘liq ustunligida o‘tgan uchrashuv 5:1 hisobi bilan yakunlandi. Ikkinchi bahsda Qurolli Kuchlar akademiyasi xodimlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi futbolchilari ustidan yirik (8:1) hisobda g‘alaba qozondilar. Kunning so‘nggi o‘yini ham gollarga boyligi bilan ishqibozlarni xursand qildi. Jamoat xavfsizligi universiteti va Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi jamoalari bahsida darvozarlarga jami 7 ta to‘p kiritildi. Mahorat bobida kuchliroq o‘yin ko‘rsatgan Jamoat xavfsizligi universiteti futbolchilari raqiblarini 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdilar.

Turnir davom etmoqda.  

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech