Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IIV Akademiyasida donorlik aksiyasi tashkil etildi

02 Iyun 2022, 07:06

1278

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamkorligida “Bor mehrimiz senga bolajon!” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etildi.

 Respublika qon quyish markazi xodimlarining aytishicha, qon olish jarayoni sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda amalga oshirildi. Osoyishtalik posbonlarining ezgu ishda tashabbus ko‘rsatayotgani xalqmiz sihat-salomatligini mustahkamlash, ayniqsa og‘ir xastalikka chalingan bemorlarning hayotini saqlab qolishga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi.

Akademiya Tibbiyot xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Ilxom To‘rayevning maʼlumot berishicha, donorlik aksiyasida taʼlim muassasasining 200 ga yaqin  xodimlar va kursantlardan iborat ko‘ngillilar faol ishtirok etishmoqda. Turli xastaliklar tufayli xastalangan bemorlar salomatligini muhofaza qilish, qonga muhtoj ehtiyojmandlarga yaqindan ko‘mak berish tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsaddir.

Aksiya doirasida ezgu ishga qul urgan ko‘ngillilarga hamkor tashkilot vakillari tomonidan minnatdorlik bildirildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech