Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IIV Akademiyasi kursantlari o‘zbek jang san’ati bo‘yicha tengsiz!

17 Mart 2022, 06:03

2222

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha mamlakat chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakillari g‘oliblik uchun bahs yuritdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida ishtirokchilar qatori Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillarining ko‘rgazmali chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

O‘zbekiston chempionatatida ishqibozlar “Assalom tong”, “Temuriylar jang usuli”, “Kopmpleks mashq” va “Ko‘rgazmali chiqish” yo‘nalishidagi bahslar guvohi bo‘lishdi. Quvonarlisi, IIV Akademiyasi kursantlari “Jamoaviy ko‘rgazmali chiqish” yo‘nalishining o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida kechgan bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Taqdirlash marosimida O‘zbek jang san’ati federatsiyasi raisi Po‘lat Usmonov so‘z olib, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama jismonan va ma’nan kamol toptirish, xalqimizning bebaho qadriyatlari hisoblangan milliy sport turlarini yanada ommalashtirish va o‘zbek jang san’ati bilan shug‘ullanuvchi yoshlar ko‘lamini kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

G‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotlari tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech