Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini samarali tashkil etish jinoyatchilikning barvaqt oldi olishga xizmat qiladi.
IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan hududlarning kriminogen vaziyati va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan o‘rganishlar davom ettirilmoqda.
O‘rganish jarayonida mahallalar, ayniqsa “qizil” toifadagi mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar, ularning sabablari, shart-sharoitlari, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bo‘yicha ma’lumotlar va boshqa kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar tahlil qilinmoqda.
Shuningdek mahallalarda faoliyat yuritayotgan “beshlik” a’zolari bilan fikr almashilib, kriminogen vaziyatni yaxshilash, “yashil” toifadagi mahallalar soni ko‘paytirish, aholi o‘rtasida ijtimoiy profilaktika chora-tadbirlari samaradorligini oshirish, bu borada yechimini kutayotgan muammolarni hal etish yuzasidan zarur tavsiyalar berilmoqda.
Ishchi guruhi rejasida ta’lim muassasasini tamomlagan yosh xodimlarning xizmat faoliyatini monitoring qilish, ular bilan muloqot o‘tkazish, muammolarini o‘rganish, tahlil yakunlari bo‘yicha ichki ishlar organlariga amaliy jihatdan metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.
Akademiya tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar tizimli davom ettirilmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati