Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Huquqiy madaniyat har qanday illatdan asraydi

2 Fevral 2026, 19:39

79

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida kiberjinoyatlarning oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etgan tadbirda yoshlar o‘rtasida axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish masalasida so‘z bordi.

Uchrashuvda IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik Ulug‘bek Xudoyberganov axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, ularning zamonaviy ko‘rinishlari, ushbu turdagi jinoyatlarni fosh etish maqsadida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalari haqida ma’ruza qildi.

Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan kiberjinoyatlarga to‘xtalib, profilaktika ishlarini kuchaytirish orqali talabalarda huquqiy madaniyat va kibergigienani shakllantirish zarurligini qayd etdi.

Muloqot tarzida o‘tgan tadbirda yig‘ilganlarga huquqiy tavsiyalar berildi. Yoshlar qatlami vakillari internetdagi xavf-xatar va mafkuraviy tahdidlardan ogoh etildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech