Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Huquqbuzarliklar profilaktikasida samarali hamkorlikning o‘rni

18 Mart 2023, 08:03

521

Poytaxtimizning Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida o‘tkazilgan davra suhbati ayni mavzuga bag‘ishlandi.

  Unda sud-huquq tizimi vakillari, IIV Akademiyasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari, shuningdek hududiy ichki ishlar organlarida bitiruvoldi ish o‘rganish amaliyotini o‘tayotgan kursantlar ishtirok etdi.

Tadbirni Akademiya boshlig‘i yordamchisi, polkovnik Ismoil Himmatov ochib, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari va bu borada amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga to‘xtaldi.

Ochiq muloqotda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi o‘rinbosari A. Mirzaxonov, tuman prokurori yordamchisi S. Toshev, IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari A. Kozimov, Narkologiya dispanseri bosh shifokori A. Shamsiyev va boshqalar so‘z oldi. Hududlarda jinoyatlarning oldini olishni jilovlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari xususida fikr-mulohazalar tinglandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati   

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech