Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Huquqbuzarlik omillari muhokama qilindi

13 Oktyabr 2026, 22:45

29

Mahalladagi osoyishta muhit ko‘p jihatdan jamoat xavfsizligini ta’minlash, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni barvaqt bartaraf etishga bog‘liq.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi rahbari Rustam Xatamov boshchiligidagi ishchi guruh Mirzo Ulug‘bek tumanining “Minglola”, “Sultoniya”, “Chimyon” va “Katta Qorasuv” mahallalariga chiqib, aholi uchun xavfsiz muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va sharoitlar, aholi o‘rtasida olib borilayotgan profilaktik ishlarning natijadorligi, jinoyatchilikni jilovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Akademiya boshlig‘i “mahalla yettiligi” tizimi vakillari va faollar bilan muloqot qilib, oilalardagi ijtimoiy-maishiy muhitga e’tibor qaratdi. Ayrim mahallalarda zo‘ravonlik, bezorilik va boshqa jinoyatlar qayd etilayotgani, xavfsiz muhitni yaratish uchun muammolarni “xonadonbay”, “fuqarobay” tizim asosida o‘rganib, o‘z vaqtida hal qilish zarurligini ta’kidladi. 

Profilaktik tadbirlar orqali fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish, jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligini tushuntirish, kiberjinoyatlarning zamonaviy ko‘rinishlari va sodir etilish usullaridan aholini muntazam ogoh etib borish, yoshlar nazoratsizligining oldini olish borasida vazifalar belgilandi. Shuningdek mahalla faollarining uyali aloqa vositalariga “APK Qo‘riqchi” ilovasi yuklab berilib, mahallalarda kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng ishchi guruh vakillari aholi gavjum joylarning kriminogen vaziyati bilan tanishib, jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan kuch-vositalar faoliyatini o‘rgandi. Mas’ullarga “jinoyat o‘choq”lari sifatida belgilangan joylarda sutkalik nazoratni susaytirmaslik, “102” raqami orqali kelib tushayotgan murojaatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish, mahallalarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish yuzasidan topshiriq berildi.

O‘rganishlar yakunida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan har bir yo‘nalish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, nazoratga olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech