IIV Akademiyasida o‘tkazilgan davra suhbati xotin-qizlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish muammolariga bag‘ishlandi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va kriminologiya kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘ini va o‘rta ta’lim muassasasi vakillari, Akademiya professor-o‘qituvchilari, magistratura tinglovchilari hamda kunduzgi ta’lim kursantlari ishtirok etdi.
Ma’lumki, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga mutlaqo yangicha mexanizmlar joriy qilindi. Bunda har bir mahalla, oila va shaxs kesimida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash, aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joylarning o‘zida hal etish, notinch oilalar, doimiy ish bilan band bo‘lmagan hamda profilaktik nazoratda turuvchi xotin-qizlar bilan manzilli ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davra suhbatida xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish mexanizmlari, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar, shuningdek amaliyotda mavjud ayrim muammolar haqida dolzarb fikr-mulohazalar bildirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati