Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xorijiy fakultet kursantlari o‘zaro bellashdi

24 Fevral 2026, 16:42

39

IIV akademiyasining Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakulteti kursantlari o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Yoshlarning kasbiy salohiyati, ma’naviy-axloqiy fazilatlari va vatanparvarlik ruhini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda uchta jamoa qatnashdi.

Birinchi shart “Ijodiy yondashuv” deb nomlangan bo‘lsa, ikkinchi shartda jamoa a’zolari jangovar qurollarni qismlarga ajratish va yig‘ish, amaliy o‘q otish hamda saf tayyorgarligi bo‘yicha o‘z mahoratini ko‘rsatdi. Uchinchi shart esa armrestling, estafeta (4x100 metrga yugurish), to‘sinda tortilish va arqon tortish bellashuvlarini o‘zi ichiga oldi.

Qiziqarli va kurashlarga boy o‘tgan ko‘rik-tanlov yakunida “Impuls Vostoka” jamoasi birinchi, “Mujestvo” jamoasi ikkinchi, “Triada” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Ularga diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun professional kadrlar tayyorlash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech