Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

1 Aprel 2026, 22:07

59

IIV akademiyasida EU-ACT dasturining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi Kaspars Valpeteris bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yevropa Ittifoqining EU-ACT dasturi Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalarda terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik, giyohvand moddalarga qarshi kurashishga qaratilgan loyiha hisoblanadi. Loyiha huquqni muhofaza qiluvchi organlar salohiyatini oshirish, ilg‘or yondashuvlarni amaliyotga tatbiq qilish, mintaqaviy hamkorlikni muvofiqlashtirishga ko‘maklashadi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Loyiha doirasida hamkorlikni rivojlantirish ilg‘or tajribalarni o‘rganish, kadrlar salohiyatini oshirish, kelgusida qo‘shma tadbirlarni tashkil etish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida mintaqaviy lohihalarni amalga oshirish, zamonaviy chaqiriqlar va tendensiyalarni hisobga olgan holda ta’lim jarayonlarini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.

Shu kuni mehmonlarga ta’lim muassasasi faoliyati ham taqdimot qilindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech