Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Ufa yuridik instituti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida akademiya kursantlari uchun onlayn mashg‘ulot tashkil qilindi.
Kursantlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan mashg‘ulotni Ufa yuridik institutining Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi dotsenti, polkovnik R. Yanbuxtin olib bordi.
Mashg‘ulot davomida ichki ishlar organlarida kasb etikasi, turli sharoitlarda kasbiy madaniyat qoidalariga amal qilish, xodimlarning odob-axloqi va intizomiga qo‘yiladigan talablar, boshliqlar va xodimlarning o‘zaro munosabatlari, shuningdek xizmat va xizmatdan tashqari paytda sodir etilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish, jamoada psixologik muhitni barqarorlashtirish, xodimlarning xizmat faoliyati samaradorligi oshirish masalalari yoritildi.
Mashg‘ulot yakunida ta’lim muassasalari vakillari kadrlar tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari, mashg‘ulotlar jarayonida innovatsion metodlarni samarali qo‘llash omillari, xodimlarning kasbiy kompetensiyasi va ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish borasida yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or tajribalar yuzasidan fikr almashdilar.
Kursantlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kerakli tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati