Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Hamjihatlik – farovonlik omili

13 Yanvar 2026, 17:49

57

IIV akademiyasida ta’lim olayotgan qo‘shni mamlakat kursantlari uchun tashkil qilingan davra suhbati “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak” degan mavzuga bag‘ishlandi.

Tadbir umumiy tarixiy merosimizni targ‘ib qilish orqali yoshlar o‘rtasida millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil qilindi.

Davra suhbatida Markaziyo Osiyo xalqlarining tarixi, ushbu hududda davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi, bugungi kunda mintaqimizda ro‘y berayotgan integratsiya jarayonlari, azaliy do‘stlik va yaqin qo‘shnichilikka asoslangan munosabatlarning bugungi holati, hamkorlik istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan omillar yuzasidan fikr almashildi.

Keyingi yillarda davlat rahbarlarining tashabbusi va siyosiy irodasi tufayli hamkorlikning yangi formati vujudga kelgani, ko‘p qirrali aloqalarning izchil rivojlanib borayotgani xalqlarimiz farovonligiga xizmat qilayotgani aytib o‘tildi.

Tadbirda Sharq sivilizatsiyasida o‘chmas iz qoldirgan buyuk allomalarimiz, ularning dunyo ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi e’tirof etilib, yoshlar tarixiy merosimizni chuqur o‘rganishi va ajdodlarmizga munosib avlod bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech