Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Galdagi mashg‘ulotlar Jizzax va Sirdaryoda o‘tkazildi

01 Avgust 2023, 06:08

989

25–28-iyul kunlari Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuidagi o‘quv kursi doirasida navbatdagi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. 

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya ijrosini ta’minlash, Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida tashkil qilingan o‘quv kurslariga prokuratura hamda ichki ishlar organlari xodimlari jalb qilindi.

Tinglovchilar “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, asosiy tamoyillar”, “Qiynoqqa solish bilan bog‘liq qilmishlar sodir etilishining oldini olishga oid qonunchilikning rivojlanishi”, “Nelson Mandela qoidalarining mazmun-mohiyati”, “Voyaga yetmaganlar va ayollarga oid xalqaro va milliy standartlar”, “Ushlab turish, qamoqqa olishga oid xalqaro standartlar, mahbuslar huquqlarini ta’minlash kafolatlari”, “Kamsitmaslik, aybsizlik prezumpsiyasi, qamoqqa olish, xabar berishga oid xalqaro standartlar va O‘zbekiston Respublikasi jinoiy-huquqiy tizimida mazkur standartlarning qo‘llanilishi” hamda boshqa mavzularda ma’ruza tinglab, ko‘nikmalarini oshirdilar. Qisqa muddatli o‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga sertifikat berildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech