Mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.
Xalqimizga xos an’ana va qadriyatlar bo‘y ko‘rsatadigan tadbir Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Erta tongdan akademiya rahbariyati boshchiligidagi ahil jamoa tashabbusi bilan atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Hashar munosabati bilan binolar atrofi, yo‘llar, ariqlar va yashil maydonlar tozalandi. Daraxtlarga ishlov berilib, ko‘rkam shaklga keltirildi. Ochiq maydonlarda to‘plangan chiqindilar maxsus texnikalar yordamida olib chiqilib, yo‘laklar bo‘ylab gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Xizmat joylari va xonalarning ichki va tashqi qismlari ozoda holga keltirildi.
Tadbirda kursant yoshlarning alohida namuna ko‘rsatganini ta’kidlash joiz. Ular hududlarni obodonlashtirish bilan birga, ona tabiatimizga bo‘lgan mehr va g‘amxo‘rliklarini namoyon etib, hasharning hamjihatlikda o‘tishiga munosib hissa qo‘shdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati