Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Faxriylar – tajriba maktabi

19 Yanvar 2026, 21:05

114

Ichki ishlar organlarida yosh avlod va faxriylar o‘rtasida muloqotning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

IIV akademiyasi magistraturasida o‘tkazilgan uchrashuv tinglovchilar uchun tajriba maktabi vazifasini o‘tagani bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Shu kuni iste’fodagi faxriylar Abdukarim Shodiyev va Tohir Mullajonov bo‘lajak rahbarlar bilan muloqot qilib, boshqaruv mahoratiga oid tavsiyalar berdilar.

Tadbirda ichki ishlar organlari tarixi bilan bog‘liq voqealar, ayniqsa respublikamizning turli hududlaridagi jazoni ijro etish muaasasalarida sodir etilgan tartibsizliklar, ularning asl sabablari va oqibatlari, tezkor vaziyatda ko‘rilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. 

Faxriylar ichki ishlar organlarida xizmat qilishning o‘ziga xos jihatlariga to‘xtalgan holda shaxsiy tarkib bilan ishlash, boshqaruvni samarali tashkil qilish, favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarni to‘g‘ri yo‘naltirish, tezkor qarorlar qabul qilish, xavf-xatarlarni talofatsiz bartaraf etish bo‘yicha amaliy maslahatlarini ulashdilar.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech