Joriy yilning 2-noyabr kuni Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida “Yaşil makon” umummilliy loyihasini hayotga keng tatbiq etiş böyiça dolzarb vazifalar belgilab berilgan edi.
Yurtimizni yanada obodonlaştiriş, yaşil maydonlarni kengaytiriş yölidagi ezgu harakatga Içki işlar vazirligi akademiyasi ham munosib hissa qöşmoqda.
Öquv dargohi boşliği Rustam Xatamov taşabbusi bilan Akademiya otaliqqa olgan poytaxtimizdagi 121-sonli örta umumta’lim maktabida manzarali daraxt köçatlari ötqazildi. Tadbirda ta’lim maskani direktori Hilola Raimbekova, faol va taşabbuskor öqituvçilar, öquvçi yoşlar, mahalla vakillari hamda Akademiya kursantlari iştirok etdi.
Aksiya doirasida ariq va yölaklar çiqindilardan tozalanib, manzarali daraxt hamda gullarga işlov berildi. Maktab hududi böylab 30 tup qrim sosnasi va 100 tup boşqa turdagi mevali-manzarali daraxt köçatlari ekildi. Yerga qadalgan bu nihollar kökka böy çözib, şahrimiz aholisi uçun musaffo havo va xuşkayfiyat ulaşişi tabiiy.
– Köçat ekib, boğ yaratiş – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan, – deydi maktab direktori H.Raimbekova. – “Yaşil makon” loyihasi mehr-oqibat, obodlik, bunyodkorlik kabi fazilatlarimizga hamohangligi bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şu kunlarda Içki işlar vazirligi akademiyasi kömagi bilan öquv maskanimizda ulkan hajmdagi obodonlaştiriş va bunyodkorlik harakatlari olib borilmoqda. Yaxşi niyat bilan boşlangan ezgu işga barça katta iştiyoq bilan yondaşayapti.
Yurtimiz böylab keng quloç yoygan daraxt ekiş işlarini davom ettiriş rejalaştirilgan.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati