Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Eng yaxshilar aniqlandi

09 Oktyabr 2025, 06:10

94

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovining ta’lim muassasasi bosqichi o‘tkazildi.

Unda test sinovlaridan yuqori natijani qayd etgan 18 nafar ishtirokchi “Buyuk mutafakkir va adib”, “Badiiy adabiyot bilimdoni” va “Men sevgan adib” shartlari bo‘yicha bellashdi.

Munozaralarga boy o‘tgan tanlov yakunida 1-o‘rin Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Nilufar Nasriddinovaga, 2-o‘rin Jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati fakulteti katta o‘qituvchi-metodisti, kapitan Sitora Saidovaga, 3-o‘rin Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va mukofotlash bo‘limi bosh inspektori, mayor Farhod Meliqulovga nasib etdi.

G‘olib ishtirokchi ko‘rik-tanlovning kelgusi hafta Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tadigan vazirlik bosqichida qatnashish imkonini qo‘lga kiritdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech