Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Toshkent shahar IIBBning hududiy ekspert-kriminalistika bo‘limlari uchun qisqa muddatli o‘quv yig‘ini tashkil etildi.
Prezidentimizning 2022-yil 8-fevraldagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablari ijrosiga qaratilgan o‘quv yig‘inida soha xodimlarining kasbiy ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Tajribali mutaxassislar tomonidan kriminalistik ekspertizalarni o‘tkazishda voqea joylarini ko‘zdan kechirish, daliliy ashyolarni to‘plash, texnik vositalardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar olib borilib, sohaga tatbiq etilayotgan zamonaviy texnologiyalar va tadqiqot o‘tkazish usullari haqida ma’lumot berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati