Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ekspert-kriminalistikaning zamonaviy imkoniyatlari bilan tanishildi

26 Aprel 2022, 11:04

1062

Koreya Respublikasida tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda. 

25 aprel kuni IIV Akademiyasi vakillari Politsiya tergov akademiyasida tajriba almashish imkoniga ega bo‘lishdi. Janubiy koreyalik malakali mutaxassislar tomonidan ta’lim muassasasi faoliyati tanishtirilib, zamonaviy ekspert-kriminalistikada voqea joyidagi izlarni aniqlash va tahlil qilish, qon tahlillari, shaxsi noma’lum murda suyaklarini tadqiq qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Akademiya qoshidagi kriminalistik poligonda maxsus texnik vositalar va ularni qo‘llash usullari ko‘rsatildi.

Mahorat darslari Koreya politsiyasi inson resurslarini boshqarish institutining o‘quv jarayoni va moddiy-texnika bazasi bilan tanishuv asnosida davom ettirildi. Koreyalik talaba yoshlar bilan muloqot davomida kadrlar tayyorlash bo‘yicha amaliyotga tatbiq etilgan o‘ziga xos yondashuvlar, axborot va raqamli texnologiyalarning afzalliklari, nazariya va amaliyot uyg‘unligining muhim jihatlari xususida fikr almashildi. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati  

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech