Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

YXHTning Toshkentdagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv

14 Mart 2022, 10:03

1368

Bugun IIV Akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning Toshkentdagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshirilgan loyihalar va istiqboldagi rejalar haqida fikr almashildi. Tomonlar ikki tomonlama aloqalarning izchil rivojlanib borayotganini yuqori baholab, global tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda “o‘zaro yordam” tamoyili asosida hamkorlikni yanada mustahkamlash tarafdori ekanliklarini bildirdilar.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda faol tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yib, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni izchil rivojlantirmoqda. Mamlakatning pragmatik, aniq va konstruktiv tashqi siyosati xalqaro ekspertlar va kuzatuvchilar tomonidan ham alohida e’tirof etilmoqda.

YXHTning Toshkentdagi vakolatxonasi milliy maslahatchisi Yuray Nosalning qayd etishicha, xalqaro tashkilot O‘zbekistonning Yangi taraqqiyot strategiyasi maqsadlariga mos keladigan loyihalarni faol amalga oshirishda yaqin hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

Uchrashuvda YXHTning ta’lim muassasasi bilan aloqalarini jadallashtirish, zamonaviy tahdidlar, xususan, xalqaro terrorizm va transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish, kiberxavfsizlikni ta’minlash kabi yo‘nalishlarda tajriba almashish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun professional kadrlar tayyorlash, xorijiy malakali mutaxassislar ishtirokida seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazish hamda ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

IIV Akademiyasi vakillari tomonidan qator muhim yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tashabbuslar bildirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech