Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dual ta’lim amaliy ko‘nikma va mahoratni oshiradi

12 Noyabr 2025, 10:11

51

IIV akademiyasida dual ta’limning keng yo‘lga qo‘yilgani kursantlar uchun nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, kasbiy mahoratni oshirish imkonini bermoqda.

Ta’lim muassasasi rahbar Rustam Xatamov amaliyot jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida poytaxtimizning Bektemir tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida bo‘ldi.

Shu kuni yangi tizim bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Akademiya boshlig‘i kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar, amaliy mashg‘ulotlar sifatiga e’tibor qaratib, mas’ul rahbarlar va murabbiy xodimlar bilan suhbatlashdi.

Aytish joizki, hozirda kursantlar haftaning ikki kuni davomida hududiy ichki ishlar organlariga jalb qilinmoqda. O‘quv jarayonining dual ta’lim talablariga mos holda tashkil qilinayotgani o‘tilgan mavzularning nazariy qismini amaliyotdagi real sharoitlarda zarur ko‘nikmalar bilan mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu o‘rinda har bir kursantga malakali xodimlar biriktirilgani ham e’tiborga molik. Mazkur tizim amaliyot o‘tashda yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ixtisoslik yo‘nalishi xususiyatlariga tez fursatlarda moslashish, eng muhimi, murabbiylarning boy bilimi va tajribasidan unumli foydalanishga xizmat qilmoqda.

Akademiya boshlig‘i kursantlar bilan muloqot qilib, ularning fikr va takliflari bilan qiziqdi. Amaliyot davrida e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, kelgusida zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar bo‘lib yetishish kerakligi xususida ularga tavsiyalar berdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech