IIV akademiyasi magistraturasida o‘tkazilgan tadbir tinglovchilarning favqulodda holatlarda kuch va vositalarni boshqarish bo‘yicha bilimlarini oshirishga yo‘naltirildi.
Tadbir vazirlik Tezkor qidiruv departamentining Jinoyat qidiruv xizmati bilan hamkorlikda tashkil qilindi.
Tadbirda ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda kuch va vositalarni boshqarish, nostandart vaziyatlarda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ichki ishlar organlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar bilan hamkorligini tashkil etish, maxsus rejalarni amalga oshirish, bu borada xorijiy davlatlar tajribasida qo‘llanilayotgan yondashuvlar, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari xususida atroflicha fikr almashildi.
Muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida ommaviy tahdidlar yuzaga kelganda tezkor vaziyatni barqarorlashtirish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda amalga oshiriladigan keng qamrovli chora-tadbirlar tushuntirilib, amaliyotda mavjud ayrim muammolarning yechimlari yuzasidan tinglovchilarga tavsiyalar berildi.
IIV Akademiyasi magistraturasi