Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dolzarb mavzudagi o‘quv kursi

20 Sentyabr 2024, 07:09

355

Qiynoqqa qarshi kurashishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarning navbatdagisi 18-19-sentyabr kunlari Andijon viloyatida bo‘lib o‘tdi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida tashkil qilingan o‘quv kursiga ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish bo‘linmalari hamda prokuratura tizimi xodimlari jalb qilindi.

Ikki kun davomida Inson huquqlari milliy markazi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda Malaka oshirish instituti vakillarining inson huquqlariga doir xalqaro va milliy standartlar, qiynoqqa solishga qarshi kurashish, mazkur jinoyat uchun javobgarlik masalalari hamda shu kabi boshqa dolzarb yo‘nalishlar yoritilgan ma’ruzalari tinglandi. Interfaol mashg‘ulotlar orqali tinglovchilarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi.

O‘quv kursi yakunida xodimlardan test sinovi qabul qilinib, sertifikat topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech