Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 11-fevralida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish choralari muhokama qilingan edi.
Yig‘ilishda, xususan, hududlarda “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” umummilliy dasturini amalga oshirish, yo‘l harakatiga oid qonun hujjatlarini tubdan takomillashtirish, sodir etilayotgan qoidabuzarliklarning oldini olish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Toshkent davlat transport universitetida mazkur sohadagi dolzarb muammolarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Ta’lim maskani professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar hamda IIV Akademiyasining Avtomobil tayyorgarligi kafedrasi vakillari ishtirok etgan tadbirda soha uchun kadrlar tayyorlash istiqbollari, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish, xalqaro tajribaning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish, ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish borasida fikr almashildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati