Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dolzarb mavzu: o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlari va ularni tergov qilish xususiyatlari

13 Aprel 2023, 03:04

909

IIV Akademiyasida Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg akademiyasi bilan hamkorlikda navbatdagi master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.

 Tergov faoliyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari, mazkur ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etgan mashg‘ulotda o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlari batafsil yoritildi.

Dastlab Sankt-Peterburg akademiyasi Nijegorod filialining Jinoyat protsessi kafedrasi boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Andrey Ushakov ushbu turdagi jinoyatlarga sabab bo‘layotgan omillar, ularning sodir etilish shart-sharoitlari, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarining oldini olish yo‘llari, sud-tergov amaliyotida bu kabi qilmishlarga huquqiy baho berish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng Kriminalistika kafedrasi boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Maskim Gushev mavzuning muhim jihatlari, ya’ni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlari doirasida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni olib borish, jabrlanuvchining mulkiy zararini qoplash, ayblov xulosasini tuzish yuzasidan o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Onlayn formatda o‘tgan ochiq muloqot davomida kursantlar o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish qilmishlari uchun Rossiya Federatsiyasi jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligida belgilangan normalar, mazkur jinoyatlarni fosh etishda tergov organlarining tergovga qadar tekshiruv organlari bilan samarali hamkorligini tashkil etishning ahamiyati bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech