IIV akademiyasida “Jinoyat protsessida yarashuv institutini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda soha mutaxassislari, akademiya professor-o‘qituvchilari va kursantlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda mamlakatimiz jinoyat-protsessual qonunchiligida yarashuv institutining ahamiyati, yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritishning protsessual tartibi va amaliyoti, ushbu jarayonlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
So‘zga chiqqanlar yarashuv institutini qo‘llash bilan bog‘liq amaliyotda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar, ularning huquqiy yechimlari, shuningdek, ushbu institutni yanada takomillashtirish zarurati xususida fikr bildirdilar.
Muloqot davomida ayrim xorijiy davlatlar tajribasi ham o‘rganildi. Xususan, jinoyat protsessida taraflar manfaatlarini ta’minlash, huquqiy murosaga erishish va yarashuv mexanizmlarini milliy qonunchilik tizimiga tatbiq etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida sohaga oid qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati