Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Departament boshlig‘i tinglovchilar bilan muloqot qildi

29 Sentyabr 2026, 12:47

76

IIV akademiyasi magistraturasida ichki ishlar organlarida boshqaruv samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tinglovchilar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘tgan tadbirga Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti boshlig‘i, polkovnik Jasur Yusupov taklif etildi.

Muloqot tarzida o‘tgan tadbirda ichki ishlar organlari tizimida boshqaruv, nazorat va axborot-tahliliy faoliyatni samarali tashkil etish, ijrochilik intizomini mustahkamlash masalalari xususida so‘z bordi.

Departament rahbari sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga to‘xtalib, tizim uchun yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tayyorlash, rahbarlarning shaxsiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.

Ta’kidlanganidek, zamonaviy rahbar yuqori bilim va salohiyatga ega bo‘lishi, strategik fikrlashi, rejali faoliyat yuritishi, to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilishi, shaxsiy fazilatlari bilan jamoaga o‘rnak bo‘lishi, ularni aniq maqsad sari yetaklay olishi zarur. Ichki ishlar organlari faoliyatiga yangicha ish uslublari tatbiq qilinayotgan hozirgi sharoitda rahbarlarning ana shu mezonlarga javob berishi muhim omil sanaladi.

Davra suhbatida hududiy ichki ishlar organlari faoliyatini o‘rganish davomida boshqaruv, nazorat va axborot-tahlil, ijrochilik, murojaatlar bilan ishlash hamda boshqa yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar tahlil qilindi. Muammolarning yechimlari bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningbek boshqaruv kadrlarini tayyorlashda ilg‘or tajribalarni tatbiq etish, ta’lim jarayonlarini takomillashtirib borish, rahbarlarning faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish borasida atroflicha fikr almashildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech