Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Davra suhbati

14 Aprel 2026, 19:23

79

Har qanday sohaning mohir mutaxassisi bo‘lish uchun puxta bilim va ko‘nikmalar kerak bo‘ladi.

IIV akademiyasida bo‘lib o‘tgan davra suhbati raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar uchun foydali ma’lumotlarga boy bo‘ldi.

Mehmon mutaxassislar, Aniq fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va kursantlar ishtirok etgan tadbirda “Zamonaviy kiberjinoyatchilikni kamaytirishda ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning o‘rni”, “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda ilmiy va statistik yondashuvning ahamiyati”, “Raqamli tahlil orqali kiberjinoyatlarni bartaraf etish”, “Tahlil va raqamlar orqali kiberxavfsiz jamiyat sari” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, ularning zamonaviy ko‘rinishlari, ularga qarshi kurashish, bu borada milliy va xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlari, ichki ishlar organlari faoliyatiga tatbiq qilinayotgan yondashuvlar yuzasidan fikr almashilib, kursantlarga zarur tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech