Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Buyuk ajdodimizga ehtirom

16 Fevral 2026, 20:16

90

IIV akademiyasida buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘z olganlar yirik davlat arbobi, shoh va shoir sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirgan Mirzo Boburning hayoti, ilmiy-adabiy merosi, davlatchilik faoliyati haqida mulohaza yuritishdi.

Sharq madaniyati va adabiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomaning turli sohalarga oid asarlari bugungi kunda ham yuksak ahamiyatini saqlab qolayotgani, ayniqsa adolat, yaxshilik, odob-axloq, mardlik, Vatanga cheksiz sadoqatni ulug‘lovchi qarashlari, g‘oyat murakkab siyosiy vaziyatda davlat boshqaruvi va saltanat osoyishtaligi yo‘lida amalga orishgan islohotlari zamonamiz yoshlari uchun o‘rgansa arzigulik jihatlar ekanligi alohida ta’kidlandi.

Tadbirning badiiy qismida iqtidorli kursantlar tomonidan sahna ko‘rinishlari, uning g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro qilindi. Adabiy kechaga akademiyada ta’lim olayotgan tojikistonlik kursantlar ham hissa qo‘shib, buyuk vatandoshimizga bo‘lgan cheksiz ehtiromlarini o‘z chiqizlari orqali namoyon etdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech