Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Buyuk adibni yod etib

14 Aprel 2026, 22:12

53

Millatning ma’naviy qudrati buyuk ajdodlariga bo‘lgan ehtiromida namoyon bo‘ladi.

IIV akademiyasida XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, o‘zbek romanchilik maktabi asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 132 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adibning nevarasi Sherkon Qodiriy, iste’fodagi podpolkovnik Hasan Abdurazzoqov, professor-o‘qituvchilar, kursantlar ishtirokida o‘tgan tadbir adibning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videolavha namoyishi bilan boshlandi.

So‘zga chiqqanlar yozuvchining hayoti, ijodiy faoliyati, asarlarining g‘oyaviy ahamiyati va milliy adabiyotimiz ravnaqida tutgan o‘rni, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ma’rifatparvar adiblarimiz merosini targ‘ib qilishning muhim jihatlari xususida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Akademiya kursantlari tomonidan “O‘tkan kunlar” asari asosida namoyish etilgan sahna ko‘rinishi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech