Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

18 Noyabr 2023, 12:11

1303

Inson uchun o‘z ona Vatani, uning timsollari aziz va mo‘tabar sanaladi. Davlat bayrog‘imiz nafaqat mustaqillik ramzi, balki tinchlik, farovonlik, barqaror taraqqiyotimiz kafolatidir.

IIV Akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Tantanali tadbir munosabati bilan saf maydoni uzra yurtimiz madhiyasi yangradi. G‘urur va iftixorimiz ramziga aylangan, kurrai zaminimizning turli nuqtalarida mag‘rur hilpirayotgan muazzam bayrog‘imizning davlat va jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni e’tirof etildi. Yangi O‘zbekistonda kechayotgan ulkan yangilanishlar jarayonida davlat razmlari yosh avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Kursantlar shaxdam odimlar bilan yurib, bayrog‘imizga bo‘lgan cheksiz hurmat va iftixor tuyg‘ularini namoyon etdilar.  

Akademiya ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda istiqlolning dastlabki yillari davlat bayrog‘imizni qabul qilish, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash yo‘lida qilingan sa’y-harakatlar, milliy timsolimizning hayotbaxsh kuch-qudrati, undagi rang va tasvirlarning ma’no-mazmuni haqida mulohazalar aytildi.

Tadbir bayrog‘imiz haqida qiziqarli ma’lumotlardan tayyorlangan viktorina hamda badiiy havaskorlik jamoalarining Vatanni madh etuvchi she’rlari, kuy va qo‘shiqlar bilan davom etdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech