Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Bu xizmatning o‘ziga yarasha mashaqqati bor

5 Oktyabr 2026, 20:01

58

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tezkor qidiruv xizmati xodimlari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tezkor qidiruv faoliyati kafedrasi tashabbusi bilan tashkil qilingan uchrashuvda soha faxriylari, amaliyot xodimlari, professor-o‘qituvchilar va kursantlar qatnashdi.

Tadbirda ustoz-shogirdlik an’analarini munosib davom ettirgan holda yoshlarga bilim va boy amaliy tajribasini o‘rgatib kelayotgan faxriylar – Mirsamad Adilov, Sharif Aminov, Abduvali Hamdamov va boshqalar so‘zga chiqib, ichki ishlar organlari tizimida tezkor qidiruv xizmatining o‘rniga alohida to‘xtalishdi.

Ushbu xizmat ko‘p yillik tarixga ega ekani, o‘ziga xos rivojlanish bosqichini bosib o‘tgani, ichki ishlar organlari tizimidagi o‘zgarishlarga mos ravishda jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati takomillashib borayotgani aytib o‘tildi. Shu bilan birga, har qanday soha singari tezkor qidiruv xizmatining ham o‘ziga yarasha mashaqqati borligi, xodimlarning kasbiy o‘sishida puxta bilim va ko‘nikma, jangovar-jismoniy tayyorgarlik bilan birga, ustozlarning boy tajribasi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shu kuni tizimda munosib iz qoldirgan katta avlod vakillarining kasb yo‘li, jinoyatlarni fosh etishda ko‘rsatgan jasorati, ibratli fazilatlari e’tirof etildi. Ularning boy tajribasi va o‘gitlari tizimda xizmat qilayotgan yosh xodimlar, ayniqsa kursantlar uchun katta mahorat maktabi ekani aytib o‘tildi.

Muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida yosh avlod vakillariga amaliy tavsiya va maslahatlar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech