Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Boshqaruvda tizimli tahlil va qaror qabul qilish

23 Yanvar 2026, 21:00

45

IIV akademiyasi magistraturasida ayni mavzuga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tinglovchilar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan tadbirda vazirlik Tashkiliy departamenti boshlig‘i, polkovnik Jasur Yusupov mavzuning dolzarb jihatlariga to‘xtaldi.

Davra suhbatida boshqaruvni samarali tashkil etish, tizimli tahlil qilish va baholash, strategik qarorlar qabul qilish, ularni amalga oshirish, muammolarni o‘rganish va prognoz qilish, istiqbolli rejalarni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi. Ichki ishlar organlari uchun rahbar kadrlarni tayyorlashda ushbu omillarning muhimligi ta’kidlanib, tinglovchilarga amaliy tavsiyalar berildi.

Aytish joizki, o‘quv moduli yakuni bo‘yicha boshqaruvda tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari fanidan yakuniy nazorat imtihonlarining qabul qilingani “tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisligi tinglovchilarining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash hamda yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech