Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bolalar huquqlarini himoya qilish – kelajak uchun qayg‘urish

06 Noyabr 2024, 08:11

197

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Magistratura tinglovchilari uchun tashkil qilingan tadbirda bolalarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z bordi.

Bolalar ombudsmani dastavval sohaga oid xalqaro normalar va mamlakatimiz qonunchiligining muhim jihatlariga to‘xtaldi. Yurtimizda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan izchil islohotlar jarayonida bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini ta’minlash tizimi yanada takomillashtirilgani e’tirof etildi.

– Keyingi yillarda bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay barham berildi. Prezidentimizning qarori asosida Bolalar ombudsmani instituti samarali joriy qilindi. Yangilangan Konstitutsiyamizda bolalar masalasiga ustuvorlik berilib, onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi qat’iy mustahkamlandi. Albatta, bolalar huquqlarini kafolatlashga qaratilgan bu sa’y-harakatlar o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda, – dedi Surayyo Rahmonova.

Shuningdek, tadbirda bolalar huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarga ham e’tibor qaratildi. Amaldagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik tarzidagi qilmishlar uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangani ta’kidlandi.

Ochiq muloqot davomida shu va boshqa masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech