Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bolajonlarga bir olam quvonch

29 Dekabr 2023, 04:12

619

Yangi yil bayrami munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi xodimlarining oila a’zolari va farzandlari uchun ko‘ngilochar tadbirlar uyushtirildi. 

Tadbir ichki ishlar organlari tarixi muzeyiga sayohatdan boshlandi. Turli yillarga oid fotosurat va eksponatlar, maxsus texnikalarga boy maskan bolajonlarda katta taassurot qoldirdi. Maroqli hordiq davomida tizim tarixi va buguni haqida hikoya qilindi. Bolajonlar ona Vatanni ardoqlash, uning tinchligi uchun xizmat qilish ulug‘ va sharafli vazifa ekanligini angladilar.

Poytaxtimizdagi Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyida tashkil etilgan Yangi yil kechasi esa bir olam quvonch olib keldi.

– Bayram tadbirlari juda maroqli o‘tdi, – deydi Gulshat Spanova. – Bugun davlatimiz tomonidan har bir oilaga, ayniqsa farzandlarimiz kelajagiga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilyapti. Yuksak e’tiborga javoban, kelajagimiz davomchilariga munosib ta’lim-tarbiya berishimiz kerak.  

Bayramona bezatilgan archa, ertak qahramonlari ishtirokidagi sarguzashtlar, musiqali chiqishlar, turfa xil sovg‘alar jajji mehmonlarga manzur bo‘ldi.  

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech