Poytaxtimizdagi Hamshiralar akademiyasida kiberjinoyatlarning barvaqt oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Ta’lim muassasasi rahbariyati va talabalari ishtirok etgan uchrashuvda IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik Zafar Ergashev axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, ularning zamonaviy ko‘rinishlari, ushbu turdagi jinoyatlarni fosh etish maqsadida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalari haqida ma’ruza qildi.
Yoshlar tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni aniq misollar yordamida tahlil qilgan holda ularning barvaqt oldini olishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan mexanizmlarni tushuntirdi.
Muloqot tarzida o‘tgan bo‘lajak hamshiralarning huquqiy ongi va kibermadaniyatini yuksaltirish, ularni internet makonidagi xavf-xatar va mafkuraviy tahdidlardan ogoh etishga xizmat qildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati