Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bog‘dagul chempion, kurashchilarimiz esa umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

21 Dekabr 2021, 07:12

1239

Poytaxtimizda pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston kubogi va mamlakat chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi.

Unda respublikamizning eng nomdor og‘ir atletikachilari g‘oliblik uchun kuch sinashishdi. Xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda IIV Akademiyasi kursanti Bog‘dagul Boboqulova yana bir karra o‘z mahoratini namoyish etdi. Mahoratli sportchimiz dastlab 210 kilogramm toshni ko‘tarib,  O‘zbekiston kubogida faxrli 2-o‘rinni egalladi. Ushbu sport turining shtangani yotgan holda ko‘tarish yo‘nalishi bo‘yicha kechgan bahslarda esa Bog‘dagulga teng keladigan raqib topilmadi. U 47 kg dan og‘irroq toshni o‘ziga buysundirgan holda O‘zbekiston chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi.  

Shuningdek Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Unda IIV Akademiyasi, FVV Akademiyasi, DXX Akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Bojxona instituti kursantlari ishtirok etdi. IIV Akademiyasi kursantlaridan Sh. Ibragimov (60 kg vazn), N. Nurmurotov (73 kg vazn), M. Erkinovlar (81 kg vazn) 1-o‘rinni, yana bir umidli sportchimiz B. Ashurov (+81 kg vazn) esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu natijalar evaziga IIV Akademiyasi umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech