Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Boburnoma” – jahon adabiyoti durdonasi

12 Fevral 2022, 06:02

1877

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi xodimlari bilan o‘tkazilgan ma’naviyat va ma’rifat darsida Zahiriddin Muhammad Boburning shoh asari – “Boburnoma”ning qimmatli ahamiyati haqida so‘z bordi.

Unda tarix fanlari doktori, professor Rahmon Farmonov o‘zbek adabiyotida Bobur va boburiylar merosining tutgan o‘rni, buyuk ajdodimiz hayoti, faoliyati va ijodini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, “Boburnoma”ning tarixiy, ilmiy hamda adabiy ahamiyati haqida batafsil to‘xtaldi.

Bilamizki, ushbu qomusiy asar nafaqat turkiy xalqlar, balki jahon adabiyotining eng bebaho yozma yodgorligi bo‘lib, buyuk shoir va sarkarda, davlat arbobi, boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Boburning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Ahamiyatli jihati, asarda Markaziy Osiyo va boshqa davlatlarning tarixi, madaniyati, urf-odatlari haqida ko‘plab qimmatli ma’lumotlar uchraydi.

Ma’naviyat va ma’rifat darsida Bobur shaxsiyati, uning serqirra ijodi, kelgusi avlodlarni vatanparvarlikka undovchi fazilatlari e’tirof etildi. “Boburnoma“ asari haqida qiziqarli tarixiy ma’lumotlar berildi.

Tadbir “Yulduzli tunlar” asari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishi, Bobur she’riyatidan aytilgan g‘azallar va mumtoz qo‘shiqlar bilan davom ettirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech