Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Bitiruvchilarga diplomlar topshirildi

18 May 2026, 21:13

244

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun yuqori malakali yurist kadrlarni tayyorlab berayotgan yetakchi oliy ta’lim muassasasi sanaladi.

O‘quv dargohida bo‘lib o‘tgan bitiruv tadbirida sirtqi ta’limni ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tamomlagan oliy ma’lumotli tinglovchilarga diplomlar topshirildi.

Tadbir avvalida akademiya boshlig‘i Rustam Xatamov so‘zga chiqib, xalq manfaatlariga xizmat qilish mamlakatimizda amaliy faoliyatga aylanganini alohida ta’kidladi. Odamlarni rozi qilish, ularning tashvishi va muammosini hal qilish, osoyishta va xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkam qaror toptirish barcha davlat organlari, shu jumladan, ichki ishlar organlari xodimlari zimmasidagi eng ustuvor vazifa ekanligini qayd etdi.

Tadbirda kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar ham tilga olindi. Ayniqsa sirtqi ta’limda o‘qitishning innovatsion yondashuvlari keng joriy qilingani, raqamli platformalarning yo‘lga qo‘yilgani tinglovchilarning yuqori malakali kadr bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etayotgani aytib o‘tildi.

Shundan so‘ng ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarda xizmat qilayotgan bitiruvchilar “huquqbuzarliklarni oldini olish va fosh etish faoliyati” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlik diplomlarini tantanali ravishda qabul qilib oldilar.

“Har bir mamlakatning taraqqiyoti va farovonligi ichki barqarorlikka bog‘liq. Zimmangizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikning har qandan ko‘rinishlariga qarshi murosasiz kurashish, xalqimizning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishdek mas’uliyat turibdi. Islohotlar samarasi ko‘p jihatdan sizlarga bog‘liq”, - dedi akademiya boshlig‘i. 

Tadbirda safdoshlari nomidan so‘zga chiqqanlar o‘tgan uch yil mobaynida munosib ta’lim olganlari uchun akademiya rahbariyati va ustozlariga minnatdorlik bildirdilar. Bugungi bitiruv kelgusidagi yuqori maqsadlar yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lganini ta’kidlagan holda Ona Vatanimiz va xalqimizga yuksak sadoqat bilan xizmat qilishga va’da berdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech