Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Tarixiy sana munosabati bilan IIV akademiyasida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Saf maydonida o‘tgan tadbir madhiyamiz ijrosi bilan boshlandi. So‘zga chiqqanlar davlat ramzlarining yuksak ahamiyati, yosh avlodning ma’naviy hayoti va vatanparvarlik tarbiyasidagi o‘rniga to‘xtaldi. Vatan bayrog‘iga cheksiz ehtirom ko‘rsatish har bir inson uchun ulug‘ va sharafli vazifa ekanligi ta’kidlandi.
– Davlat bayrog‘i qadim-qadimdan har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asragan. Bugungi tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham bayrag‘imizni sharaflash orqali yoshlarning Vatan va xalq oldidagi muqaddas burchini sadoqat bilan bajarishga undashdir, – dedi akademiya boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Tadjimetov.
Shundan so‘ng kursantlar bayrog‘imizni baland ko‘tarib, saf qo‘shiqlarini ijro etgan holda tantanali yurish bilan o‘tdilar. Tadbir poytaxt ahli va mehmonlariga “Sharaf lentalari”ni tarqatish bilan davom etdi. Orkestr ijrosidagi kuylar yurtdoshlarimizga chinakam bayromona shukuh bag‘ishladi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shu kuni kursantlar, akademik litsey hamda maktab o‘quvchilari ishtirokida “Vatanparvarlik karvoni” ham uyushtirildi. Keng ko‘cha bo‘ylab bayrog‘imizning mag‘rur hilpiragani Yangi O‘zbekistonimizda kechayotgan yangilanishlar, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlarga daxldorlik bilan yashayotgan keksay-u, yoshlarni befaqr qoldirmadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati