Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Barcha sa’y-harakatlar jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan

24 Mart 2026, 22:21

43

Xalqimiz hamisha mahallaga suyanadi. Chunki mahallalar jamiyat tayanchi, osoyishtalik va farovonlik omili sanaladi.

Bugungi kunda yurtimizdagi har bir mahallada xavfsiz va barqaror muhitni shakllantirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ishlar poytaxtimizda yangicha namunaviy amaliyot asosida tashkil etilmoqda.

IIV akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov Chilonzor tumanida bo‘lib, “Charx Kamolon - 2” mahallasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.

O‘rganishlar jarayonida “mahalla yettiligi”ning aholi bilan hamkorligi, murojaatlar bilan ishlash faoliyati, profilaktik ishlar natijadorligi, jinoyatchilikni jilovlash borasida qilinayotgan ishlar muhokama qilindi.

Oilalardagi ijtimoiy-maishiy muammolarni tizimli o‘rganib borish, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini kuchaytirish, har bir jinoyatni ilmiy-amaliy tahlil qilish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga samarali joriy etish zarurligi qayd etildi.

Shu kuni ishchi guruh vakillari tomonidan profilaktika inspektori xonasida yaratilgan sharoitlar, zamonaviy kommunikatsiya tizimlari orqali hududlarni doimiy kuzatish va nazorat qilish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek “Novza” metro bekati yaqinida joylashgan savdo majmuasiga borilib, kriminogen omillarni hisobga olgan holda xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tadbirlar belgilandi.

Mas’ullarga huquqbuzarlik qayd etilishi mumkin bo‘lgan joylarga qo‘shimcha kamera va tashvish tugmalarini o‘rnatish, raqamli texnologiyalar yordamida kriminogen vaziyatni real vaqt rejimida tahlil qilib borish, jinoyatchilikka qarshi kurashning samarali mexanizmlarini joriy qilish yuzasidan vazifalar yuklandi.

Har bir xonadon kesimida aholi bilan manzilli ishlash, odamlarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish, profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech