IIV Akademiyasida Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda “Davlat – inson uchun” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Professor-o‘qituvchilar va kursantlar ishtirok etgan tadbirda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga to‘xtaldi.
Qayd etilganidek, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh mezoni inson huquq va manfaatlari ustunligini ta’minlashdir. Bu borada “O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasining qabul qilingani alohida e’tiborga molik. Strategiyada yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, kelajak avlodga sifatli ta’lim berish, eng muhimi, 2030-yilga qadar daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish asosiy maqsad qilib olingan. Mazkur ustuvor vazifalarning amaliy natijasi xalqimiz farovonligini yanada yuksaltiradi.
Davra suhbatida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va pirovard maqsadi atroflicha yoritildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati