Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Avtomaktablar xodimlari bosqichma-bosqich o‘qitilmoqda

29 Mart 2023, 06:03

886

IIV Akademiyasining Avtomaktablar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida o‘quv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Joriy yilning 27-mart kunidan qayta tayyorlash kurslarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Mashg‘ulotlarga respublikamizning barcha hududlaridan 800 nafarga yaqin o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilar jalb qilingan.

O‘quv jarayonlari IIV Akademiyasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti singari yetakchi ta’lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda. Tinglovchilar “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish metodikasi”, “Avtotransport vositalarini xavfsiz boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari”, “Yo‘l-transport hodisalarining tahlili, kelib chiqish sabablari va profilaktikasi”, “Haydovchi madaniyati” va boshqa fanlardan zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.

Ikki haftalik mashg‘ulotlar 72 soatni tashkil etib, tinglovchilar test shaklida oraliq va yakuniy nazorat imtihonlarini topshiradilar. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganlarga esa diplom beriladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech