Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Hamkorlikning huquqiy asoslari mustahkamlandi

3 Aprel 2026, 22:11

27

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirda qo‘mita raisi Qutbiddin Burxonov va akademiya boshlig‘i Rustam Xatamov so‘zga chiqib, mazkur memorandum qonun ijodkorligi sifatini oshirish, parlament nazorati jarayonlarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdilar.

Shu kuni tomonlar jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash, ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini kuchaytirish, hududlarda aholi muammolarini o‘rganish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, qonunchilik jarayonlarini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Mazkur faoliyatni samarali tashkil etish uchun yetakchi eskpertlar, mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida ishchi guruhlar tashkil etish, birgalikda tadqiqotlar va ekspertlik faoliyatini amalga oshirish, hamkorlik natijalarini muntazam ravishda tahlil va muhokama qilib borish mexanizmi yo‘lga qo‘yilishi aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, hamkorlik memorandumi asosida 2026-2027-yillarda amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar bo‘yicha “yo‘l xarita” ham imzolandi.

Tadbir yakunida ikki tomonlama hamkorlik parlament faoliyati samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor maqsadlarni izchil hayotga tatbiq etishga xizmat qilishi qayd etildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech